Andijonda ota voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgan. IIB tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotganligi haqida videoyozuv tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, videoyozuvdagi qiz holat bo‘yicha vakolatli idoralarga murojaat qilishiga qaramasdan hech qanaka chora ko‘rilmayotganligi haqidagi vajlariga aniqlik kiritish maqsadida Xo‘jaobod tumani prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing