Andijonda ona va bola YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
20 noyabr 2020
4458Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 19 yoshli Spark haydovchisi ona va bola o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.
Xo‘jaobod tumani “Chiroqchi” MFY Sohiba ko‘chasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan S.X. Spark avtomashinasida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan Sh.I. va uning 8 yoshli o‘g‘li H.T. ni urib yuborgan. Natijada, Sh.I. voqea joyida, H.T. esa shifoxonada olgan og‘ir jarohati oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, ushbu hudud yoritish chiroqlari bilan jihozlangan, ammo YTH chiroqlar o‘chirib qo‘yilgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi