Andijonda Nexia-3 va Damas ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi jarohat oldi

3-sahifa

image

Kecha, 2 iyun kuni Andijon viloyatida Damas va Nexia-3 rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon tumanidan Oltinko‘l tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X.J. o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasida qayrilib olish joyida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborishi oqibatida Damas transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasidagi yo‘lovchi N.Z. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon Damas Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing