Andijonda Nexia 10 yoshli o‘quvchini uchirib yubordi (video)
3-sahifa
−
26 Sentabr 2025 13736 1 daqiqa
Andijon viloyatining Andijon shahrida Nexia-2 rusumli avtomashina 2015 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 25 sentyabr kuni soat 15:35 da “Bog‘ishamol” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 342 kilometrida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi N.D. o‘zining Nexia-2 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan. U tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, 2015 yilda tug‘ilgan I.D.ni urib yuborgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit akasiga tegishli Malibuʼda 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgandi. Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olmagan.
Live
Barchasi