Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Matiz avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 6 mart kuni soat 20:28 da tumanning Yuqori mahallasi “Kelajak” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ushbu ko‘chada harakatlanib ketayotgan X.R. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobilida yong‘in chiqqan. Oqibatda avtomobilning motor va salon qismi yongan. Yong‘inga 20:35 da yetib borib, 20:38 da o‘chirilgan.

“Yong‘inga taxminiy sabab sifatida mashina elektr simining qisqa tutashuvi hodisasi olingan. Yetkazilgan zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot keltirilmagan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing