Andijonda mast fuqaro tanishini shafqatsizlarcha o‘ldirdi
3-sahifa
−
02 noyabr 2020
11396Andijonda istiqomat qiluvchi fuqaro mast qolda tanishini uning uyida oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar qildi.
Andijonda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tanishi H. bilan spirtli ichimlik ichish uchun uning uyiga borgan.
Mast holda bo‘lgan ushbu ikki tanishlar orasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Natijada M. H.ning bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. So‘ngra ko‘krak qafasi hamda tanasining boshqa qismlariga ham shafqatsizlarcha pichoq tiqib qasddan o‘ldirgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro Z.A. esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga holat yuzasidan murojaat qilmagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon sudida holat yuzasidan ochiq sud ishi bo‘lib o‘tdi. Surishtiruv-tergov ishlari davomida tomonlar xulosalari eshitilib sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi M.A.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”,”j” bandlari bilan aybdor deb topilib, 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Voqea joyida bo‘lgan Z.A. esa hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagani uchun Jinoyat kodeksining 241 moddasi 1-qismi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi