Andijonda MAN yo‘l chetida turgan Cobalt’ni g‘ijimlab qo‘ydi
Jamiyat
−
17 iyul 2021
7977Kecha, 16 iyul kuni Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida MAN rusumli yuk avtomobili va Cobalt rusumli avtomobil o‘rtasida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:45larda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani Sadda MFY hududida 2000 yilda tug‘ilgan B.B. ismli haydovchi MAN rusumli yuk avtomobilini boshqarib kelayotgan vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilga to‘qnashib YTH sodir etgan.
To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni Navoiyda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. YTH oqibatida Cobalt haydovchisi va uning yonidagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi