Andijonda mahbuslar hibsxonada janjal uyushtirdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Joriy yilning 21 mart kuni Ichki ishlar vazirligi  huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbus janjal oqibatida vafot etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat taxminan 15:00 da IIV huzuridagi JIED 3-son tergov hibsxonasida mahbus M.S. kamerada birga saqlanayotgan mahbus U.J. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda har ikki mahbus bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, M.S. olgan jarohatlari sabab, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. U.J. muassasaga qarashli shifoxonada davolanmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing