Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

“Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q. Boshqa barcha holatlar bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham ko‘prik qulab tushgandi. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining Jondor tumani hududidan o‘tgan Zarafshon daryosi ustidagi ko‘prik qulagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon sel ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made