Andijonda Koreyaga ishga yuborish uchun 6 ming dollar talab qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarodan 6 ming AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Unga ko‘ra, Andijon viloyatida Sh.N. ismli fuqaro boshqa bir fuqaroga o‘zini mehnat migratsiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSH dollari talab qilgan. 

Xabarga ko‘ra, fuqaro Sh.N. talab qilingan puldan 1000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing