Andijonda kitob o‘qigan onalarning kommunal to‘lovlari to‘lab beriladi (video)
Jamiyat
−
29 yanvar
2611Andijon viloyatining Andijon tumanida hokim Boburjon Yo‘ldoshevning tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Ma’rifatli ona” kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.
"Har bir mahalladan kamida 50 ta oila qatnashadi. Umumiy oilalarning 10 foizini qamrab olib, kitobxonlik tanlovini tashkil qilaylik. Bunda yosh avlodning dunyoqarashi o‘zgaradi. Farzand ota-onasining qo‘lida kitob ko‘rsa, albatta o‘ziyam kitob o‘qiydi", deydi tuman hokimi.
Tanlovda uch nafar 1-o‘rin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi. Uchta 2-o‘ringa 4 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher; uchta 3-o‘ringa 2 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)
![Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/uZ/thumb_pQCThx1ARSebk7O21dg1mBc8ixBmUw.jpg)