Andijonda xotinining burnini tishlab, uzib olgan er qamaldi
3-sahifa
−
25 noyabr 2021
19384Andijon viloyati Buloqboshi tumanida xotinining burnini tishlab, uzib olgan erkak uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 29 iyun kuni erkak qaynotasining uyida xotini bilan janjallashib qolgan. Mojaro davomida xotining burnini tishlab, uzib olgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 28 iyuldagi xulosasiga ko‘ra, ayolda burun uchi va o‘ng tomon burun qansharida tishlangan, yirtilgan va uzilgan jarohati (nuqson) mavjudligi, qayta tiklov operatsiyasiga muhtojligi, bir necha bosqichli operatsiya o‘tkazish zarurligi, undan keyin ham qayta tiklangan burun uchi va qanotlarida chandiqlar qolishi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak avval ham bir nechta Jinoyat kodeksi moddalari bilan jazolangan. Bu safar mazkur ishi tufayli 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Sudya Inom Normatov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) hamda 60-moddasi (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bilan aybdor deb topilib, 3 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr