Andijonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i ham pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
07 may 3588 1 daqiqa
Andijon viloyatining tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i yer ajratish evaziga 3 ming dollar pora oldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kadastr bo‘limi boshlig‘i 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroga uy-joy qurishi uchun 8 sotix va dehqon xo‘jaligi tashkil qilishi uchun 17 sotix yer ajratib berish evaziga muqaddam 3 ming AQSH dollari olgan.
Shuningdek, u fuqaroga 8 sotix yer ajratilganligi haqida soxta hujjat rasmiylashtirib bergan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan xatlov jarayonida ushbu yer maydoni noqonuniy ajratilganligi aniqlanib, fuqaroga nisbatan 82 mln so‘m jarima qo‘llanilgan.
Kadastr mansabdori esa, 3 ming AQSH dollarini uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida fosh etilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatb o‘tamiz, avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali muhandisi tadbirkordan qarzni kamaytirib berish evaziga 15 ming dollar talab qilgandi.
Live
Barchasi