Andijonda giyohvandlik moddalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
25 Sentabr 2022
6797Andijon shahrida taqiqlangan dori vositalari va giyohvand moddalar sotayotgan bir necha shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 20 sentyabr kuni Andijon viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahar “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu hududda taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan bir nechta shaxslar aniqlangan.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro P.B.ning sumkasi ko‘zdan kechirilganida, unda 50 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari topilgan. Shuningdek, Oltinko‘l tumani fuqarosi 1984 yilda tug‘ilgan X.D.ning yonida 280 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Andijon shahar fuqarosi 1992 yilda tug‘ilgan N.U.ning yonidan 1 dona “Tropikamid” va 2 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari hamda Andijon shahrida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan O.M.ning yonidan 0,4 gramm “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi