Andijonda fuqaro Umraga bormoqchi bo‘lganlarning 1,4 millard pulini yeb yubordi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida fuqaro Umra safariga borishni istagan shaxslarning 1,4 milliard pulini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, fuqaro F.A Xo‘jaobod tumanidan “Umra-2022” mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd so‘m naqd pullarni olgan. U bu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan F.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing