Andijonda erkak tanishining bo‘g‘ziga pichoq tortdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 14 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda qotillik” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda og‘ir axvoldagi erkak qo‘shnisi tomonidan bo‘yin va bel qismidan pichoqlanganini aytgan. Ushbu video yuzasidan Ichki ishlar vazirligi izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 19:30 larda fuqaro I.I. Andijon shahar “Bunyodkor” MFY joylashgan xonadonlarning birida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan O.A. bilan o‘zaro janjallashgan va uning bel hamda tomoq qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan zarba bergan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, “chap bel sohasida 1,5 santimetr kirgan, bo‘yin dahanosti sohasida o‘tkir jism bilan yetkazilgan sanchilgan-kesilgan jarohati, badanida qontalash va shilinmalar” kabi sog‘liqni uzoq muddatga buzilishiga olib kelgan “o‘rtacha og‘ir” tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing