Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida bir erkak svetoforda turgan mototsikl haydovchilariga pichoq bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu harakatni Andijon shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro qilgani ma’lum bo‘lgan.

“Kecha soat 11 larda pivoga bordim, 2 bokal ichdim, shashlik oldim va ozroq mast bo‘lib qoldim. O‘sha yerda turgan tig‘li qurolni olib, yo‘ldan taksi chaqirdim. Yo‘lda mototsikl haydayotganlarga nega tez haydayapsizlar deb, pichoq bilan tahdid qildim. O‘zbekiston xalqidan kechirishini so‘rayman. Mingdan-ming pushaymonman”, deydi u.

Surishtiruvlar natijasida bugun, 24 iyunga o‘tar kechasi soat 01:00 dan 03:00 gacha vaqt oralig‘ida uning chaqirgan taksi haydovchisini ham qo‘rqitgani va unga yo‘l haqini bermagani, 100 ming so‘m pulini ham o‘g‘irlagani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi hamda 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida uch kishi bir erkakni kaltaklab, kamiga pichoq bilan ham jarohat yetkazgan edi. Holat Farg‘ona viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan va dastlabki tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing