Andijonda erkak xotinini obdasta bilan urib o‘ldirdi
3-sahifa
−
09 dekabr 2022
8500Andijon viloyatida erkak turmush o‘rtog‘ini metall obdasta bilan urib o‘ldirdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Joriy yilning 5 dekabr kuni Asaka tumanida fuqaro Ch.B. o‘z turmush o‘rtog‘i D.B. bilan bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida erkak turmush o‘rtog‘ining yuz va boshiga metall obdasta bilan bir necha marotaba qasddan urib o‘ldirgan.
Aniqlanishicha, erkak obdastadagi qon dog‘larini yuvib, tozalab, so‘ngra yashash xonadonidan chiqib ketgan. Shuningdek, u Shahrixon tumani hududida qurilishi bitmagan binoga yashiringan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.
LiveBarchasi