Andijonda erkak qarzini so‘rab kelgan ayolni pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 32 yoshli fuqaro qarzini so‘rab kelgan 36 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 14:00 da Xo‘jaobod tumani Uzun ko‘chasida joylashgan “Rahmonjon kelajak davroni” MCHJga qarashli binoning xizmat xonasida fuqaro M.N. hamda D.X. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. 

Mojaro ortidan D.X. avvaliga M.N.ni urgan, keyin esa yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan hayoti uchun muhim bo‘lgan oldi o‘ng ko‘krak qafas qismiga ikki marotaba va orqa o‘ng kurak sohasiga bir marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

M.N. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha D.X. gumon qilinuvchi tariqasida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing