Andijonda deputatlar tintuv qilindi
Jamiyat
−
18 may 2021
18226Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuvdan o‘tkazilgan. Bunda deputat daxlsizligiga amal qilinmagan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xabar berdi.
Deputatning yozishicha, ushbu sessiyada Andijonda yer sotuvchilarning kirdikorlarini fosh qilib yurgan deputat prokuror taqdimnomasiga ko‘ra daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan.
“Katta ehtimol bilan deputatlarning daxlsizlik huquqiga ham tupurib, tintuv o‘tkazishga topshiriq berganlar yer sotish ishlariga daxldor va deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib qamashga ishtiyoqmand “o‘sha” shaxslar bo‘lishi kerak”, deb yozadi u.
Rasul Kusherboyev, shuningdek, “noqonuniy tintuv o‘tkazilishiga kelganda taqdimnoma kiritgan qonun himoyachisi – prokurorning ko‘zi qayerda qoldi, degan savol ochiq qolayotganini” qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi bir nechta ob’ektlarning ta’mirlanishi va qurilishiga oid davlat buyurtmalari amaldorlarning qarindosh-urug‘lari orasida taqsimlab olingani haqida xabar berilgan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, tender savdolaridagi holatlar o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi