Andijonda choyxona yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Andijon viloyati Andijon tumanidagi choyxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 21 yanvar kuni soat 14:41 da Andijon viloyati Andijon tumani Qo‘shariq dahasida joylashgan choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:47 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida choyxonaning taxminan 70 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing