Andijonda bozor rastasi tadbirkorning ustiga qulab tushdi (video)
3-sahifa
−
22 dekabr 2025 20048 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi kiyim-kechak bozorida bozor rastasi odamlar ustiga qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea kecha, 21 dekabr kuni soat 11:00 atrofida Xo‘jaobod tumani buyum bozori hududida sodir bo‘lgan. Ushbu holat tadbirkorning do‘kon oldiga qo‘lbola usulda qurib olgan rastasi talabga javob bermagani, bundan tashqari savdo rastasining yuqori qismiga keragidan ortiq og‘ir (qishki) kiyimlar ilingani oqibatida yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 1 nafar tadbirkor tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan va zudlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Hozirda tan jaroxati olgan tadbirkorning ahvoli yaxshi. Boshqa jabrlanuvchilar aniqlanmagan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Live
Barchasi