Andijonda binoning tomi uchib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi tez tibbiy yordam shifoxonasi yonida bino tomi kuchli shamol oqibatida qulab tushgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Jalaquduq tumani “Namuna” MFY Ilhom ko‘chasida joylashgan “E.” MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan binosining 60 kv metr tom qismi qulab tushgan.

“Voqea oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 1 ta texnika jalb etilib bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon bino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing