Andijonda ayol erining “o‘ynashi”ni tahqirlab, sochini oldirtirib tashladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir ayolga nisbatan qilingan shafqatsiz va tahqirli xatti-harakatlar aks etgan video tasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, 1991 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan, hozirda Andijon shahrida yashovchi ayol 1998 yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganlikda ayblab, unga nisbatan qasd olish maqsadida reja tuzgan.

2025 yilning 23 dekabr kuni u davolanib yotgan shifoxonaga 1995, 2004 va 2001 yillarda tug‘ilgan tanish ayollar orqali 1998 yilda tug‘ilgan ayolni olib keltirib, uni turli nojo‘ya harakatlar bilan tahqirlashgan hamda bu jarayonni video tasvirga olishgan.

Shundan so‘ng 1991 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining oldindan tanishi bo‘lgan 1999, 1998 yillarda tug‘ilgan ikki nafar erkakni kasalxonaga chaqirib, ularga mazkur ayolni ovloq joyga olib borib, sochlarini olib tashlashni buyurgan.

Buning oqibatida 1998 yilda tug‘ilgan ayol erkiga xilof ravishda besh nafar shaxs tomonidan oq rangli Gentra rusumli avtomashinaga majburiy ravishda o‘tkazilib, Andijon tumani Jivachi mahallasi hududidagi xilvat joyga olib borilgan.

U yerda 1999 yilda tug‘ilgan erkak tomonidan uning sochlari mashinka yordamida olib tashlangan. Mazkur jarayon 1995 yilda tug‘ilgan ayol tomonidan video tasviriga olingan va oradan ma’lum vaqt o‘tgach ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Ushbu holat yuzasida Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘rilash) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi hamda besh nafar shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib olinmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda voyaga yetmagan qizni tazyiq va zo‘ravonlik bilan fohishalik qilishga majburlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing