Andijonda amaldor xizmat xonasida narkotik iste’mol qildimi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat xonasida giyohvandlik vositasini iste’mol qilayotgani eks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi munosabat bildirdi.

“Mazkur holat IIB organlari tomonidan nazoratga olingan va hozirda tasdiqlanmagan. Ayni vaqtda tegishli tartibda surishtiruvlar olib borilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha yakuniy ma’lumot e’lon qilinadi”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan. Natijada fotosuratdagi fuqarodan 0,69 gramm gashish moddasi musodara qilingan. Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, modda giyohvandlik moddasi deb topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Biroq Shohrux G‘iyosov shaxsga oid axborotni ochiqlash qonun bilan taqiqlanganini, shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilish zarurligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon giyohvandlik vositasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing