Andijonda 7-sinf o‘quvchi qiz o‘qituvchisini tepdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf o‘quvchisi o‘qituvchini tepgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat viloyatning Ulug‘nor tumani, Mingchinor mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchini tepgan o‘quvchi qiz bola bo‘lib, u tarix fani o‘qituvchisi H.B.ning  darsiga halal bergan. Shundan so‘ng o‘qituvchi unga tanbeh bergan, ammo u o‘qituvchisini urib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

IIBga ko‘ra, vaziyatga to‘laligicha oydinlik kiritilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing