Andijonda 50 nafar muhtoj fuqaroga ajratilgan mablag‘lar talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Asaka tumanida 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.A.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari I.A. Asaka tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta’minlangan va ishsiz fuqaro nomidan ularning imzolarini soxtalashtirib, byudjetdan ajratilgan 111,5 mln so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.A., markaz mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing