Andijonda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi (video)
3-sahifa
−
22 avgust 2021
11596Joriy yilning 20 avgust kuni Andijon viloyatida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Asaka-Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia Damas rusumli avtomobilning orqasidan kelib urgan. Buning oqibatida Damas yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, Hyundai, Spark hamda Damas rusumli avtomobillarning to‘qnashuviga sabab bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Hodisa oqibatida bir necha kishi yengil tan jarohati olgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Qayd etilishicha, avtomobillarning biri Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari Asaka tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
LiveBarchasi