Andijonda 37 kishi “fast-fuddan” zaharlandi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolar ovqatdan zaharlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 6 iyul kuni soat 12:10 da Qo‘rg‘ontepa tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga fuqarolar ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. 

Bemorlarda zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilib, kasallik sabablari o‘rganilganda, ular joriy yilning 5 iyul kuni tuman markazida joylashgan “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan nonbyrger sotib olib, iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan. 

Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan, biroq hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. 

Kecha, 6 iyul 23:00 holatiga shifoxonaga jami 37 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, bemorlarning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingan. 

Kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida  “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatildi va mahsulotlar tayyorlash xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing