Andijonda 30 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
01 noyabr 2023
16506Andijon viloyati Xonobod shahrida 30 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro J.Sh. soat 12:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Qorasuv-Xonobod temiryo‘l ko‘prigiga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osgan.
Marhumning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Marhumning oila a’zolaridan tushuntirish xatlari olinganida, 2 yil oldin turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani sababli uning ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatilgani, bir necha marotaba o‘zini o‘ldirishga harakat qilmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelin o‘zini osib qo‘ygandi.
LiveBarchasi