Andijonda 23 yoshli kelin o‘zini yoqib yubordi
3-sahifa
−
09 mart 2023
10723Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 23 yoshli kelin adirlik hududida o‘ziga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 mart kuni tumanning “Navoiy” mahallasi o‘ramida joylashgan adirlik hududida bo‘lgan. Holat “Birlashgan” mahallasi Savob ko‘chasida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan R.A. tomonidan sodir etilgan. Kelinchak o‘zi joniga suiqasd qilayotgan vaqtda u atrofda bo‘lgan odamlar tomonidan qutqarib qolinib, shifoxonaga olib ketilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy muolajalarga qaramasdan u 7 mart kuni shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda o‘z joniga suiqasd qilgan R.A.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, qaror ijro etish uchun yuborilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilinadi”, deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi