Andijonda 16 yoshli o‘smir daryoga cho‘kib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 may kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 16 yoshli o‘smir daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Baliqchi tumanida yashovchi Q.M. viloyat IIBga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi 2009 yilda tug‘ilgan M.M. 16 may kuni yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini aytgan va uni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan. Mazkur xabarga asosan Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 may kuni soat 15:30 lar chamasida voyaga yetmagan M.M. tumandagi “Sarnavul” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoga o‘rtoqlari bilan cho‘milish uchun borib, shu vaqtida cho‘kib ketgan. Qidiruv ishlari davomida voyaga yetmagan M.M. ning jasadi bugun, 20 may kuni Andijon-Namangan yo‘nalishini bog‘lab turuvchi Qoradaryo ko‘prigi yaqinidan topilgan.

Hozirda tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Tekshiruv harakatlarini borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuchli sel kelishi oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Qoradaryo Baliqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing