Andijonda 14 yoshli bola halok bo‘lgan YTHni tengdoshi sodir etdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida voyaga yetmagan bola yo‘l transport hodisasini sodir etgani oqibatida 14 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 14 yoshli maktab o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan Matiz avtomashinasini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan turib olib chiqib ketgan.

Yuqori tezlikda avtomobilni boshqarib ketayotgan bola mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng u yo‘l chetida turgan yuk avtomashinasining o‘ng tomoniga borib urilgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 14 yoshli bolaning tengdoshi vafot etgan. Mashinani boshqargan bola esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made