Andijonda 11 yoshli bola o‘zini osdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 11 yoshli bola o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 fevral kuni soat 08:40 larda Shahrixon tumani “Bobochek” mahallasi “Qizil arab” ko‘chasida sodir bo‘lgan. G‘.M. ismli bola yashash xonadonidagi omborxona to‘siniga somon press ipiga o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga suiqasd qilgan. Shu payt uning onasi bu holatni ko‘rib qolib, yordam bergan va shu sababli bolaning hayoti saqlab qolinib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, somon press ipi tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.
Voyaga yetmagan bolaga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan M.G‘.ni joniga qasd qilganlik sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini osgan bola 2011 yilning 14 avgustida Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Shahrixon tumanidagi 30-maktabning 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing