Andijonda hokimlik yerini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
15 mart 2021
3638Andijon viloyati Asaka tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. fuqaro U. ning ishonchiga kirib, unga muqaddam o‘zi rahbarlik qilgan Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan, hozirgi kunda tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonining 50 sotixini tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi