Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Andijonda hokim bilan ko‘risholmagan ayol o‘zini hokimiyat binosidan tashlamoqchi bo‘ldimi? (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida bir ayol hokimiyat binosi tomiga chiqib, o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani haqidagi video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Ma’lumki, kecha, 10 mart kuni soat 11:20 lar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol Xo‘jaobod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosining tom qismida yurgan video tarqaldi.

“Tezkor surishtiruv natijalariga ko‘ra, videodagi ayol hech qanday o‘z joniga qasd qilish maqsadida tomga chiqmagan”, deyiladi xabarda.

Hokimlikning bildirishicha, ayol tuman hokimi bilan birinchi marotaba uchrashish uchun kelgan, lekin Xo‘jaobod tumani hokimi hududlardagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish uchun joylarga chiqib ketgan. Shundan so‘ng, ayolga hokimiyat vakillari tomonidan murojaati bo‘lsa, qoldirib ketishi va har shanba kuni tuman hokimi qabul o‘tkazishi aytilgan. Ayol ushbu gaplarga ishonmasdan, “mas’ullar aldashyapti”, degan xayol bilan asabiylashib, atrofdagilarni qo‘rqitish maqsadida binoning tom qismiga chiqqan. 

“Tuman hokimi haqiqatdan ham o‘sha vaqtda hududlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish uchun joylarga chiqib ketgandi. Hokim kelgach, ayol bilan suhbatlashib, uning murojaatini o‘rgandi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, xabarda uchrashuv davomida fuqaro rasmiy ishga joylangani, murojaatlari joyida hal etilgani ham qo‘shimcha qilingan.

“Shu o‘rinda aholidan  bunday xatti-harakatlarni amalga oshirmasliklarini, murojaatlari bo‘lsa, belgilangan kunda hokim qabuliga kelib, tartib asosida taqdim etishlarini  iltimos qilib qolamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

hokimiyat Xo'jabod tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing