Andijonda haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida janjal yuz berdi
Jamiyat
−
12 aprel 2021
5532Ijtimoiy tarmoqda Andijonda haydovchi va YPX xodimi o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 aprel kuni soat 19:30 larda, Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.M. tomonidan Andijon shahar Cho‘lpon shoh ko‘chasida Nexia-3 rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz, old oynasi esa tusini o‘zgartirishi mumkin bo‘lmasa-da, tusi o‘zgartirilgani (tonirovka) aniqlangan.
Belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilishi vaqtida, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh.ning YPX xodimiga ko‘rsatgan faol qarshiligi atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.
PPX va Milliy gvardiya xodimlari yordamida yuzaga kelgan nizoli vaziyat bartaraf etilib, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
LiveBarchasi