Andijon viloyatining sobiq hokimi – “Qora shahzoda”ning otasiga unvoni qaytarib berildi
Jamiyat
−
14 Sentyabr 2021 58510 1 daqiqa
Andijon viloyatining sobiq hokimi Qobiljon Obidovga davlatimiz rahbari Farmoni bilan “O‘zbekiston Kahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali qaytarib berildi. Bu haqda jurnalist Muhammadjon Obidov xabar bermoqda.
“Andijon viloyatining sobiq hokimi Qobiljon Obidovga davlatimiz rahbarining farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni" unvoni va “Oltin yulduz” medali qaytarib berildi. Bu mardlarcha qaror buldi!”, degan Muhammadjon Obidov.
Eslatib o‘tamiz, Qobiljon Obidovga 1998 yilda berilgan yuksak unvon uning o‘g‘li bilan bog‘liq jinoyat ishi ortida qaytarib olingan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr