Andijon viloyatiga yangi bosh soliqchi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Farmoyishi bilan Tursunov Otabek Ravshanbek o‘g‘li Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2006 yilda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatchisi lavozimidan boshlagan.

Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DSQ

Baholaganlar

189

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing