Andijon viloyati IIB rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
16 fevral 2019 7015 1 daqiqa
Bugun, 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tuzilmasida lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Podpolkovnik Sanjar Bo‘ronovich Jabborov – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida bungacha To‘lanboy To‘xtasinovich Razzaqov faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may