Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
18 fevral 2022
8578Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Nasibullo Nabiyevich Mo‘minov tayinlandi.
Nasibullo Mo‘minov 1983 yilda Andijon tumanida tavallud topgan. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Andijon qurilish texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.
2003-2015 yillarda Andijon uy-joy va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejida bo‘lim boshlig‘i, amaliyot ishlari bo‘yicha, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.
2015-2017 yillar davomida Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining direktori, 2017- 2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillar davomida esa Andijon viloyati hokimligi kasb-hunar boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
Tayinlovga qadar Nasibullo Mo‘minov Andijon viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
LiveBarchasi