Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Azizxon Nodirjon o‘g‘li Maqsumov tayinlandi.

Azizxon Maqsumov 1992 yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 2013 yilda Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (Malayziya), 2017 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yil O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raqobat muhitini rivojlantirish va nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik boshqarmasi birinchi toifali mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

2013-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raqobat muhitini rivojlantirish va nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi axborot tahlil boshqarmasining bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi ichki turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Turizm turlarini yanada diversifikatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Azizxon Maqsumov Andijon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Azizxon Maqsumov

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar