Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi yozishmalari yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
7146Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalar yuzasidan tergov oldi tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan bir qator tergov harakatlari olib borilishi lozimligini hisobga olingan holda Jinoyat kodeksining 139 va 140-moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.
“Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Andijon viloyati IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
LiveBarchasi