“Andijon” O‘zbekiston MTJ a’zosi bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
17 fevral 1259 1 daqiqa
Vodiyning “Andijon” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va bungacha “Paxtakor” safida to‘p tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboyev bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar bir mavsumlik o‘zaro kelishuvga erishishgan va mehnat shartnomasini imzolagan.
Ma’lumot uchun, Azizbek Turg‘unboyev faoliyati davomida “Navbahor” “Paxtakor” va shu bilan birga Turkiya chempionatida “Sivaspor” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Turg‘unboyev faoliyatida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2018 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va bunga qadar 43 ta o‘yinda ishtirok etgan va 6 ta gol muallifiga aylangan.
Aziz Tug‘unboyev uch karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi, bir marta O‘zbekiston Kubogi sohibi va bir marta milliy terma jamoamiz bilan CAFA Nations Cup musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi