Andijon shahridagi uylarning birida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan uylarnining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha 8 iyun kuni soat 16:19 da Andijon viloyati Andijon shahar “Yorboshi” MFY Sohil ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in yuzaga kelgan. Mazkur yong‘inni bartaraf etish uchun 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:26 da voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in soat 16:29 da o‘rab olinib, olti daqiqada o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyning 70 kv m maydonda tom, shift va uy-jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar tufayli uyning 150 kv m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

“Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing