Andijon shahar hokimi hibsga olindi
3-sahifa
−
07 iyun 2022
26464Jinoyat ishi doirasida 6 iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov davlat mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishida 37 nafar shaxs ayblanib ulardan 32 nafari hibsga olingan.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Ma’lumot uchun, Bahrom Haydarov jinoiy sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.
LiveBarchasi