Andijon “xoni” va yana 4 hokim lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tayotgan tanqidiy yig‘ilishda 5 tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Sh.Mo‘minov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Prezidentining qarori bilan rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, Prezidentning qarori bilan davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing