“Andijon” 200 ming dollarga futbolchi sotdi
Sport
−
22 iyul
16973“Andijon” futbol klubining 21 yoshli a’zosi Sherzod Esonov Rossiyaning “Akron” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Andijon” jamoasi matbuoti matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida Tolyatti jamoasidan Esonov transferi bo‘yicha jiddiy taklif tushgan. Ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esonov “Akron” jamoasiga 200 ming AQSH dollariga transfer qilingan.
Qayd etish joiz, “Akron” o‘z tarixida ilk marta Rossiya Premer-ligasida ishtirok etadi. O‘tgan yili jamoa Rossiya birinchi ligasida bronza medallarga ega chiqib, elitaga chiqishni uddaladi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Esonov 2022 yildan buyon “Andijon”da to‘p tepib kelayotgandi. Joriy mavsumda Esonov “Andijon” libosda 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Esonov O‘zbekiston U-20 jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan va o‘tgan yili Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida bronza medalga ega chiqqan.
LiveBarchasi