Andijon hokimining o‘rinbosari vafot etdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Yoqubjonovich Ergashev vafot etdi. Bu haqda Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avazbek Ergashev 1966 yil Andijonning Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992-2024 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urug‘chilik” birlashmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “G‘o‘za urug‘chiligi” respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Avazbek Ergashev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing