Andijon hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

−

image

Davronbek Hasanboyevich Sattorov Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ulug‘bek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing